BMT Turkiyaning Parij Iqlim Shartnomasini ratifikatsiya qilishini olqishladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Turkiyaning Parij Iqlim Shartnomasini ratifikatsiya qilishini olqishladi.

1716754
BMT Turkiyaning Parij Iqlim Shartnomasini ratifikatsiya qilishini olqishladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Turkiyaning Parij Iqlim Shartnomasini ratifikatsiya qilishini olqishladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Tvitterdagi  sahifasida  Turkiyaning kelishuvni ratifikatsiya qilgani haqida bayonot berdi.

Guterrish,

"Men Turkiyaning Parij Iqlim Shartnomasini ratifikatsiya qilgani va G20 ning boshqa mamlakatlariga qo'shilganidan mamnunman. Turkiyaning 2053 yilga borib nol emissiya bo'yicha majburiyatlari doirasida milliy iqlim bo'yicha harakat rejasini imkon qadar tezroq taqdim etishini kutaman." Dedi.

Shartnomaga binoan, BMT 2050 yilga borib, global haroratni 2 darajadan pastroqda ushlab turish maqsadiga erishish uchun mamlakatlardan butun dunyo bo'ylab issiqxona gazlari chiqindilarini nolga tushirishni istaydi.

 

 



Aloqador xabarlar