BMTTurkiyaning Parij Iqlim Shartnomasini ratifikatsiya qilganini olqishladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Turkiyaning Parij Iqlim Shartnomasini ratifikatsiya qilganini olqishladi. Bu haqda BMT bosh kotibi matbuot kotibi Stefan Dyujarrik ma'lum qildi. "Turkiyaning Parij bitimini ratifikatsiya qilishini olqishlaymiz." ded

1716205
BMTTurkiyaning Parij Iqlim Shartnomasini ratifikatsiya qilganini olqishladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Turkiyaning Parij Iqlim Shartnomasini ratifikatsiya qilganini olqishladi.

Bu haqda BMT bosh kotibi matbuot kotibi Stefan Dyujarrik ma'lum qildi.

"Turkiyaning Parij bitimini ratifikatsiya qilishini olqishlaymiz." dedi.

Shartnomadagi maqsadlarga erishish uchun barcha davlatlar sa'y -harakatlarini kuchaytirishi kerakligini ifoda etgan Dyujarrik, "Katta Yigirmalik" davlatlari iqlim o'zgarishiga qarshi kurashda yetakchi bo'lishi kerakligini aytdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti iqlim bo'yicha Parij bitimi doirasida global haroratni 2 darajadan past ushlab turish maqsadiga erishish uchun mamlakatlardan 2050 yilga kelib parnik gazlari chiqindilarini nolga tushirishni istaydi.

Parij Iqlim kelishuvini tasdiqlash taklifi kecha Turkiya Oliy Millat Majlisi Bosh Assambleyasida tasdiqlandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Parij , #Iqlim o'zgarish , #BMT

Aloqador xabarlar