Turkiyada koronavirusga qarshi 110 mln dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi

Turkiya Sog’liqni saqlash vazirligining "covid19asi.saglik.gov.tr" saytida o'rin olgan so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatda shu kungacha 110 mln doza vaksina qo’llanilgan.

1714045
Turkiyada koronavirusga qarshi 110 mln dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi

 

Turkiyada koronavirusga qarshi 110 mln dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi. Bu haqda Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja ma’lum qildi.

Vazirning ta’kidlashicha, Turkiya koronavirusga qarshi vaksina qo’llashda Yevropa bo’yicha birinchi o’rinda turibdi.

Turkiya Sog’liqni saqlash vazirligining "covid19asi.saglik.gov.tr" saytida o'rin olgan so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatda shu kungacha 110 mln doza vaksina qo’llanilgan.

“COVID-19ga qarshi vaksina qo’llash bo’yicha Yevropada birinchi, butun dunyo bo’yicha esa 7-davlatmiz. Dastlabki olti davlat ro’yxatida esa vaksina ishlab chiqargan mamlakatlar Xitoy va AQSh kabi davlatlar bor”,-dedi Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja ijtimoiy tarmoqlarda.


Tanlangan kalimalar: #vaksina , #Turkiya , #Fahriddin Ko'ja

Aloqador xabarlar