Prezident Erdo‘g‘an Rossiyaning Sochi shahrida

Bugun Prezident Erdo‘g‘an Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan uchrashadi va kun tartibida Suriya masalasi o‘rin olgan.

1712143
Prezident Erdo‘g‘an Rossiyaning Sochi shahrida

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Rossiyaning Sochi shahrida.

Prezident Erdo‘g‘an Sochidagi xalqaro aeroportda Krasnodar shahar hokimi o‘rinbosari Aleksandr Ruppel, Sochi meri Aleksey Kopaygorodskiy, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Davlat protokoli raisi Igor Bogdashev, Turkiyaning Moskvadagi elchisi Mehmet Samsar, Novorossisk Bosh konsuli Firat Bayar va elchixona xodimlari tomonidan kutib olindi.

Prezident Erdo‘g‘an Rossiyada Davlat rahbari Vladimir Putin bilan alohida uchrashuv o‘tkazadi. Kun tartibida esa Suriya masalasi o‘rin olgan.

Erdo‘g‘an birinchi navbatda Tel-Rifat va Manbijdagi PKKga e’tibor qaratib, Ostona kelishuvlariga muvofiq ravishda terrorizmning yo‘q qilinishini ta’kidlaydi.

Prezident Erdo‘g‘an shuningdek, Rossiya nazoratidagi hududlardan yaqindan beri Turkiyaga qarshi uyushtirilgan hujumlardan bezovta ekanini qayd etib, hujumlarning oldini olishni talab qiladi.

Idlib va ​​Suriyadan yangi muhojirlar to‘lqini xavfi ham qo‘lga olinadigan uchrashuvda, Liviya va Afg‘oniston bosh bo‘lish bilan birga kun tartibidagi mintaqaviy va xalqaro masalalar ham muhokama qilinadi. Bundan tashqari, Turkiya-Rossiya munosabatlari qayta ko‘rib chiqiladi.

Prezident Erdo‘g‘anga Sochi tashrifi chog‘ida Milliy Razvedka tashkiloti rahbari Hakan Fidan, Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi rahbari Fahrettin Altun va Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin hamrohlik qilmoqda



Aloqador xabarlar