Turkiya Afg‘onistonga gumanitar yordam yuboradi

Mevlut Chavusho‘g‘lu kecha Prezidentlik kabinasi yig‘ilishi ortidan jurnalistlar savoliga javob berdi.

1711748
Turkiya Afg‘onistonga gumanitar yordam yuboradi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Turkiyaning Afg‘onistonga gumanitar yordam yuborishini ma’lum qildi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu kecha Prezidentlik kabinasi yig‘ilishi ortidan jurnalistlar savoliga javob berdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning Rossiyada Davlat rahbari Vladimir Putin bilan o‘tkazadigan uchrashuvining kun tartibi haqida berilgan savolga Chavusho‘g‘lu, asosan Suriya, Idlib va ​​tijoriy aloqalar ekanini bildirdi. Chavusho‘g‘lu, uchrashuvda Suriyadagi gumanitar yordamlar va Liviyaning ham kun tartibida bo‘lishi mumkinligini qayd etdi.

Keyingi davrda Misrga oliy darajali tashrif rejalashtirilib-rejalashtirilmagani haqidagi savolga Chavusho‘g‘lu: “Ulardan tashrif buyurgan delegatsiya bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv va undan keyingi qo‘shma bayonot kelajak uchun ijobiy tusdadir. Hozircha vazirlar va prezidentlar ishtirokida rejalashtirilgan tashriflar yo‘q”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Chavusho‘g‘lu Afg‘onistondagi vaqtinchalik Tolibon hukumati bilan aloqa bor yoki yo‘qligi haqidagi savolga esa:

“Elchilar ishtirokidagi uchrashuv bor. Biz hali u yerga bormadik, ular kelmadi. Gumanitar yordam, oziq -ovqat, dori-darmon va qish kelmoqda, yordamga muhtojlar. Biz bu ehtiyojlar ustida gaplashyapmiz”.-deb javob berdi.

Kobul aeroportining ishlatilishi haqida berilgan savolga Chavusho‘g‘lu:

“Muzokaralar davom etmoqda. Xavfsizlik tashvishlari haligacha bor. Aniqlik yo‘q. Vaqtinchalik ma’lum soatlarda charter qatnovlari ochiq lekin muntazam ravishda qatnovlar uchun hali hanuz shartlar yaratilmadi. Muzokaralar davom etmoqda”.-deya gapirdi.

Afg‘onistonga qaratilgan gumanitar yordam masalasida Chavusho‘g‘lu:

“Biz (Afg‘onistonga) gumanitar yordam yuboramiz. Yirik qismini Pokistondan olib, quruqlik orqali yuboramiz. Bu ham tezroq, ham kam xarajatli. Yaqin kunlarda gumanitar yordam miqdorini orttiramiz”.-dedi.

 



Aloqador xabarlar