TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining terrorizmga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1711089
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Iroq shimolida PKK terror tashkilotiga a’zo 4 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi (MMV) tomonidan mavzu haqida ijtimoiy tarmoq orqali berilgan bayonotda, terroristlarga qarshi kurashning davom etgani qayd etildi.

Bayonotda shuningdek, Iroqning shimolidagi Panja-Shimshek amaliyoti olib borilgan mintaqada aniqlangan PKK terror tashkilotiga a’zo bir terroristning havo amaliyoti orqali yo‘q qilingani ma’lum qilindi.

Milliy razvedka tashkiloti (MRT) tomonidan 20-sentabrdan 26-sentabrgacha Iroq shimolidagi Metana va Zap hududlarida olib borilgan amaliyotlarda esa PKK/ KJK tarkibidagi ikki terrorist yo‘q qilindi.



Aloqador xabarlar