Turkiya rohingya musulmonlarini aslo oʻz holiga tashlab qoʻymaydi

Turkiya bilan Bangladesh, arakanlik (rohingya) musulmonlarning ahvoli ustidan yuqori darajali onlayn uchrashuv uyushtirdi.

1709609
Turkiya rohingya musulmonlarini aslo oʻz holiga tashlab qoʻymaydi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu, rohingya musulmonlarini aslo oʻz holiga tashlab qoʻymasliklarini qayd etdi.

Amerika Qoʻshma Shtatlarining (AQSh) Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi doirasida Turkiya bilan Bangladesh, arakanlik (rohingya) musulmonlarning ahvoli ustidan yuqori darajali onlayn uchrashuv uyushtirdi.

Mavlut Chavushoʻgʻlu ushbu uchrashuv ortidan Twitter hisobi orqali bayonot berdi.

“Rohingyalarning ixtiyoriy, xavfsiz, obroʻli va butunlay qaytishi uchun faoliyatlar davom etishi kerak. Rohingya musulmonlarini aslo oʻz holiga tashlab qoʻymaymiz”.-dedi.

BMT ma’lumotlariga koʻra, 2017-yilning 25-avgustidan keyin Arakandan qochishga majbur boʻlib, Bangladeshda jon saqlagan 700 mingdan ortiq qochqin bor. Lagerlardagi qochqinlarning yarmi esa bolalardan iborat.

Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari chop etgan sun’iy yoʻldosh tasvirlari orqali Arakanda yuzlab qishloqning vayron boʻlganini isbotladi.

Arakanliklarning oʻz tuprogʻiga qaytishlari uchun Myanma va Bangladesh hukumatlari oʻrtasida qoʻl qoʻyilgan shartnoma, oʻz tuprogʻidan mahrum qilinganlar ahvolini isbotlash imkonsiz boʻlgani bois befoydaligicha qolmoqda.

BMT va xalqaro inson huquqlari tashkilotlari,  arakanlik musulmonlarga qarshi qoʻl urilgan shiddatni, “etnik tozalash” yoki “genotsid” deb ifoda etmoqdalar.

Xalqaro ommaviy axborot vositalari va tashkilotlarning Arakanga kirishini jiddiy ravishda cheklagan Myanma hukumati, bugungacha arakanlik musulmonlarining qaytishlari uchun bergan va’dalarini ham bajarmadi.

Bangladeshda jon saqlagan arakanlik musulmonlar va inson huquqlari tashkilotlari, kerakli xavfsiz muhit yaratmay turib, ularning Myanmaga qaytishlarining, yangi etnik tozalashga yoʻl ochishi mumkinligidan tashvishda.

 



Aloqador xabarlar