Prezident Erdoʻgʻan Nyu-York shahriga uyushtirgan tashrifini tamomladi

Erdoʻgʻanning Nyu-York shahriga uyushtirgan tashrifi haqida Prezidentlik apparati Aloqalar boʻlimi yetkachisi Faxrettin Altun bayonot berdi.

1709543
Prezident Erdoʻgʻan Nyu-York shahriga uyushtirgan tashrifini tamomladi

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiyasida ishtirok etish uchun Amerika Qoʻshma Shtatlarining (AQSh) Nyu-York shahriga uyushtirgan tashrifini tamomlab, Turkiyaga qaytmoqda.

Erdoʻgʻanning ushbu tashrifi haqida Prezidentlik apparati Aloqalar boʻlimi yetkachisi Faxrettin Altun bayonot berdi.

Altun bu haqida ijtimoiy tarmoq orqali ingiliz tilida bergan bayonotida:

Prezident Erdoʻgʻanning Afgʻoniston, Suriya va Liviya bosh boʻlish bilan birga dunyoning bir necha inqiroz hududiga yordam berish maqsadida “Türkevi”da (Turk uyi) koʻplab oʻzaro uchrashuvlar oʻtkazganini ifoda etdi va shuningdek:

“Prezident Erdoʻgʻan har fursatda xalqaro hamkorlik va birdamlik oʻrnini ta’kidladi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Erdoʻgʻanning yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi, migratsiya va iqlim oʻzgarishi kabi global masalalarda xalqaro hamjamiyatga yetakchilik qilishda oʻrnak boʻlganini ta’kidladi.

Altun, Prezidentning ushbu tashrifi chogʻida ayniqsa Afgʻoniston barqarorligi uchun yordam berish istagini alohida belgilab oʻtgan holda:

“Erdoʻgʻan Turkiyaning Afg‘onistonga tinchlik olib kelish nuqtasida yordam berishga tayyorligini bildirdi”.-dedi.

Nyu -Yorkga boʻlgan tashrifining diplomatik muvaffaqiyatlar olib kelganini ifoda etgan Faxrettin Altun, butun dunyoni Prezident Erdoʻgʻanning harakat talabiga quloq solishga chaqirdi.

 



Aloqador xabarlar