PKKga a’zo yana 5 terrorist koʻndirish yoʻli orqali taslim boʻldi

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorizmga qarshi kurashi mamlakatda boʻlganidek qoʻshni davlatlarda ham davom etmoqda.

1708234
PKKga a’zo yana 5 terrorist koʻndirish yoʻli orqali taslim boʻldi

PKK terror tashkilotiga a’zo yana 5 terrorist koʻndirish yoʻli orqali taslim boʻldi.

Ichki Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, vazirlik koordinatsiyasi ostida olib borilgan koʻndirish faoliyatlari natijasida, PKKdan qochgan 5 nafar terror tashkiloti a’zosi bugun xavfsizlik kuchlariga taslim boʻlgan.

Taslim boʻlgan tashkilot a’zolarining 1999-2016 yillar orasida terror tashkiloti tarkibiga kirganliklari, Iroq va Suriyada faoliyat olib borganliklari belgilab oʻtilgan bayonotda, koʻndirish yoʻli faoliyatlari natijasida bu yil taslim boʻlgan tashkilot a’zolari sonining 151 nafarga yetgani qayd etildi.

Boshqa tomondan, Iroq shimolida “Panja-Shimshek” amaliyoti olib borilgan hududda PKK terror tashkilotiga a’zo 3 terrorist ATAK vertolyotlari orqali yoʻq qilindi.

 Milliy Muudofaa vazirligi mavzu haqida bergan bayonotida:

“Qahramon Turk Qurolli kuchlarimiz Iroq shimolidagi terror inlarini yer bilan yakson qilishni davom etmoqda. Panja-Shimshek amaliyoti olib borilgan mintaqada aniqlangan PKKga a’zo 3 terrorist, ATAK vertolyotlari orqali yo’q qilindi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Turkiyaning Siirt viloyatiga qarashli Pervari tumani Herekol togʻi mintaqasida kecha yoʻq qilingan 5 terroristdan birining ham qidiruvdagi terroristlar roʻyhatining toq sariq kategoriyasida oʻrin olgani bildirildi.

Yoʻq qilingan terroristlardan birining Herekol mintaqasidan javobgar sifatida faoliyat olib borgan va Terror yuzasidan qidirilganlar roʻyhatida 1 million liralik mukofat bilan toq sariq kategoriyada oʻrin olgan, Kendal Jizir kod nomidagi Mazlum Mat ekani aniqlandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #terror tashkiloti , #PKK

Aloqador xabarlar