Turkiya Afgʻonistondagi mavjud jarayonning barcha oqibatlarini kuzatishni davom etadi

Mavlut Chavushoʻgʻlu, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan onlayn tarzda uyushtirlgan “Afgʻonistondagi insoniy vaziyat” deb nomlangan Oliy darajadagi vazirlar yigʻilishida nutq soʻzladi.

1706058
Turkiya Afgʻonistondagi mavjud jarayonning barcha oqibatlarini kuzatishni davom etadi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu Afgʻonistonda e’lon qilingan vaqtinchalik hukumat haqida:

“Jamiyatning barcha qatlamini oʻz ichiga olgan, haqiqatdan keng koʻlamli bir hukumat tuzilishidan umidvormiz”.-dedi.

Mavlut Chavushoʻgʻlu, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan onlayn tarzda uyushtirlgan “Afgʻonistondagi insoniy vaziyat” deb nomlangan Oliy darajadagi vazirlar yigʻilishida nutq soʻzladi.

Yigʻilishning nozik bir davrda uyushtirilganini qayd etgan Chavushoʻgʻlu, Afgʻonistondagi mavjud jarayonning barcha oqibatlarini kuzatish ishlarining davom etishini bildirdi.

Afgʻoniston xalqiga inqirozni boshqara olishi uchun har qanday yordam berilishi kerakligini ta’kidlagan Chavushoʻgʻlu, “Hozircha insonparvarlik sohasi bizning ustuvor vazifamiz boʻlishi kerak. Tashvishga soluvchi raqamlarni hammamiz eshitdik. Afgʻoniston xalqining uchdan bir qismi ocharchilikka duch keldi va ularning deyarli yarmi shoshilinch ravishda gumanitar yordamga muhtoj”.-dedi.

Chavushoʻgʻlu bu vaziyatning iqtisodiy inqirozga ishora qilganiga e’tibor qaratgan holda, “Turkiya 1920-yillardan beri qiz bolalarning ilim olishi va ayollar imkoniyatlarini kengaytirish ham doxil Afgʻonistondagi barqarorlik va rivojlanish sa'y-harakatlarini qoʻllab-quvvatlab kelmoqda. Bugun ham biz Turk Qizil yarim oy jamiyati orqali insonparvarlik yordamini davom ettirmoqdamiz. Maydonda vaziyat yaxshilanar ekan, yordamimiz ham toʻxtamaydi”.-deya gapirdi.

Turkiyaning Kobuldagi elchixonasining gumanitar sohadagi ishlarini davom ettirayotganini ifoda etgan Chavushoʻgʻlu, BMT Bosh kotibining samarali kurash talabini qoʻllab -quvvatlaganliklarini ham yodga solgan holda:

“Buning uchun eng zaruriy shart - bu xavfsizlikdir. Gumanitar yordam tashkilotlari oʻz ishlarini xavfsiz ravishda, yordamga muhtoj insonlarga hech qanday muammosiz yetkazib beradigan tarzda bajara olishi lozim. Umid qilamizki, Afgʻonistondagi amaldagi yetakchilik ham bu borada oʻz zimmasiga tushgan vazifani bajaradi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Chavushoʻgʻlu, Kobuldagi “Hamit Karzai” nomidagi xalqaro aeroportning xizmat berishining ham yordam faoliyatlari uchun alohida oʻringa ega ekaniga toʻxtalib, “Olti yildan beri qilganimizdek, bu boʻyicha tajribamizni va mutaxassislarimizni Qatar bilan birgalikda taqdim etishga tayyormiz”.-dedi.

 

 



Aloqador xabarlar