Soʻylu bilan Varheliy Afgʻonistondagi oxirgi vaziyatni ham muhokama qildi

Suleyman Soʻylu bilan Varheliy poytaxt Anqarada Afgʻonistondagi oxirgi vaziyatni ham muhokama qildi.

1703900
Soʻylu bilan Varheliy  Afgʻonistondagi oxirgi vaziyatni ham muhokama qildi

Ichki Ishlar vaziri Suleyman Soʻylu Yevropa ittifoqining kengayish va yaxshi qoʻshnichilik masalalari boʻyicha Yevropa komissari Oliver Varheliy yetakchiligidagi hay’at bilan uchrashdi.

Poytaxt Anqaradagi Xavfsizlik va favqulodda vaziyatlar koordinatsiyasi markazida boʻlib oʻtgan ushbu uchrashuvda Suleyman Soʻylu, Varheliyni markaz bilan tanishtirib, batafsil ma’lumot berdi.

Tashrif chogʻida Turkiya-Yevropa ittifoqi munosabatlari, migratsiya, chegara xavfsizligi va Afgʻonistondagi oxirgi vaziyatlar yuzasidan paydo boʻlishi kutilgan migratsiya masalasi kabi mavzular muhokama qilindi.

Uchrashuvda Ichki Ishlar vaziri oʻrinbosari Muhterem Ince va Yevropa ittifoqining Turkiyadagi delegatsiyasi rahbari Nikolaus Meyer-Landrut ham ishtirok etdi.



Aloqador xabarlar