Erdo'g'an Islom hamkorlik tashkiloti Yoshlar forumiga videomurojaat yo'lladi

Prezident videomurojaatida dunyo kun tartibidan joy olgan xavfsizlik muammolari, terrorizm va pandemiya kabi olamshumul falokatlarga to’xtaldi.

1696997
Erdo'g'an Islom hamkorlik tashkiloti Yoshlar forumiga videomurojaat yo'lladi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an musulmonlar o’z huzur-xalovati uchun, hamda butun insoniyatning tinchligi va kelajagi uchun zimmasiga mas’uliyat olishi kerakligini ta’kidladi.

Erdo’g’an bu so’zlarni Istanbulda bo'lib o'tadigan Islom hamkorlik tashkiloti Yoshlar forumining 4-kengash yig’ilishiga yo’llagan videomurojaatida tilga oldi.

Prezident videomurojaatida dunyo kun tartibidan joy olgan xavfsizlik muammolari, terrorizm va pandemiya kabi olamshumul falokatlarga to’xtaldi.

Prezidentning ta’kidlashicha, ushbu falokatlar dunyoda intizorlik bilan kutilayotgan tinchlik muhitini ta’minlashga yo’l qo’ymayotir. Afsuski, butun insoniyatga tahdid solayotgan ushbu falokatlar ayniqsa, islom mintaqasida chuqur iz qoldirmoqda.

“Suriya, Afg’oniston va boshqa ko’plab mamlakatlarda to’qnashuvlar, migratsiya inqirozi, kambag’allik va turli kasalliklarga qarshi kurashayotgan musulmonlar bir tomondan ayniqsa, g’arb mamlakatlarida avj olib borayotgan islomga qarshi dushmanlik va irqchilikka qarshi kurashishga majbur bo’lmoqdalar”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Prezidentning ta’kidlashicha, bir tomondan ocharchilik, urush va sargardonlik, bir tomondan esa dabdabali hayot va mustamlaka hukm surayotgan ushbu adolatsiz tuzumning davom etishi endi mumkin emas.

“Musulmonlar endi o’z huzur-xalovati hamda butun insoniyatning tinchlik va kelajagi uchun mas’uliyatni zimmasiga olishi zarur. Guvohi bo’lib turgan nohaqlikka “bas” deya olishi kerak. Biz musulmonlar bundan buyon imperialistlarning tuzog’iga tushmasligimiz kerak. Nafaqat o’zimiz, balki barcha mazlumlar uchun olib borayotgan kurashimizda terrorizmga berilmasdan, zo’ravonlikka yo’l qo’ymasdan, huquq va adolatdan aslo toymasligimiz kerak”,-dedi Turkiya prezidenti Erdo’g’an.

 



Aloqador xabarlar