Turkiya boshpana soʻrash markazi tashkil etilishi haqidagi iddolarga javob berdi

Milliy Mudofaa vazirligida Afgʻonistondagi faoliyatlar qoʻlga olingan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

1696186
Turkiya boshpana soʻrash markazi tashkil etilishi haqidagi iddolarga javob berdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, “Turkiya bilan Pokistonda boshpana soʻrash markazi tashkil etilishi haqidagi iddolarga:

“Unday narsa haqida gaplashilmadi va hatto imkonsizdir”. – deb javob berdi.

Mudofaa vaziri Akar yetakchiligida vazir oʻrinbosari Yunus Emre Karaoʻsmanoʻgʻlu, Bosh shtab boshligʻi general Yashar Guler va boshqa harbiy qoʻmondonliklar ishtirokida Afgʻonistondagi faoliyatlar qoʻlga olingan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Videokonferensiya orqali oʻtkazilgan ushbu yigʻilishga Turkiyaning Kobuldagi elchisi Jihad Erginay bilan Afgʻonistondagi Turk harbiy qism qoʻmondoni ham qatnashib, Hamid Karzai nomidagi xalqaro aeroportdagi faoliyat va mamlakatdagi soʻnggi vaziyat haqida ma’lumot berdi.

Jarayonni yaqindan kuzatayotganlarini ifoda etgan Akar, faoliyatlar ustidan koʻrsatmalar berdi.

Hulusi Akar uchrashuv ortidan, “Britaniya matbuotida Mudofaa vaziri Ben Uolles qalamga olgan maqolada oʻrin olgani iddio etilgan va Turkiya bilan Pokistonning boshpana soʻrash markazi tashkil etish loyihasi ustidan rejalar tuzilayotganligi haqidagi mish-mishlarga:

“Hurmatli Birlashgan Qirollik Mudofaa vaziri, Birlashgan Qirollikning yurtiga olib ketishni rejalashtirgan afgʻonistonliklar uchun Afgʻonistondan tashqari bir nuqtada, boshpana soʻrash markazlari tashkil etish niyatlari borligi haqida gapirmoqda. Lekin matbuotda aytilganining aksiga vazir Turkiya haqida ham, Pokiston haqida ham gapirayotgani yoʻq. Maqolada bunday narsa yoʻq. Unday narsa haqida gaplashilmadi va hatto imkonsizdir”. – deb javob berdi.

 



Aloqador xabarlar