Akar Xalqaro Mudofaa sanoati yarmarkasi doirasida uchrashuvlarini davom ettirmoqda

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar Xalqaro Mudofaa sanoati yarmarkasi doirasida uchrashuvlarini davom ettirmoqda.

1694210
Akar Xalqaro Mudofaa sanoati yarmarkasi doirasida uchrashuvlarini davom ettirmoqda

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, 15-Xalqaro Mudofaa sanoati yarmarkasi (IDEF'21) doirasidagi uchrashuvlarini davom ettirmoqda.

Hulusi Akar, Chad Mudofaa vaziri Daud Yaya Brahim, Burkina-Faso Mudofaa vaziri Eymi Bartelemi, Mavritaniya Mudofaa vaziri Xenena Uld Sidi va Ekvatorial Gvineya Mudofaa vaziri Viktoriano Bibang Nsue Okomo bilan alohida-alohida uchrashdi.

Akar Togo Mudofaa vaziri Margarita Gnakade bilan ham uchrashdi. Uchrashuv ortidan Hulusi Akar va Gnakade tomonidan Harbiy doira shartnomasiga qoʻl qoʻyildi.

Mudofaa vairi Akar shuningdek, Shri-Lanka Mudofaa vaziri maslahatchisi Kamal Gunaratne va Ruminiya Prezidentining Milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Ion Oprishorni qabul qildi.



Aloqador xabarlar