Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g'lu Afg'oniston bo'yicha telefon diplomatiyasini davom ettirmoqda

Mavlud Chavushog'lu, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Chung Eui-Yong va Avstraliya Tashqi ishlar vaziri Marise Payne bilan telefonda alohida- alohida  uchrashdi.

1693379
Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g'lu Afg'oniston bo'yicha telefon diplomatiyasini davom ettirmoqda

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g'lu Afg'oniston bo'yicha telefon diplomatiyasini davom ettirmoqda.

Mavlud Chavushog'lu, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Chung Eui-Yong va Avstraliya Tashqi ishlar vaziri Marise Payne bilan telefonda alohida- alohida  uchrashdi.

Tashqi ishlar vazirligi bayonotida, Chavusho’g'lu va Lavrov Afg'onistondagi hozirgi vaziyatni muhokama qilgani bildirildi.

Tomonlar Afg'onistonda barqarorlikni ta'minlash uchun mintaqaviy va xalqaro sub'ektlar birgalikda xavfsizlik va tartibni ta'minlashi lozimligini bildirdilar.

Uchrashuvda xalqaro muammolar va ikki tomonlama munosabatlar ham ko’rib chiqildi.

Chavusho’g'lu Koreya Respublikasi va Avstraliya tashqi ishlar vazirlari bilan telefon suhbatlarida  yana Afg'onistondagi so'nggi vaziyat muhokama qilindi.

Yakshanba kuni poytaxt Kobulni qamal qilib olgan  Tolibon, Prezident Ashraf G'ani mamlakatni, hukumat kuchlari esa poytaxtni tark etgani uchun, shaharni ziddiyatsiz nazoratga oldi.

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar