Turkiyadagi sel tufayli hayotini yoʻqotganlar soni 27 nafarga yetdi

Turkiyaning Kastamonu, Sinop va Bartin viloyatida yuz bergan sel falokatida hayotini yoʻqotganlar soni ortdi.

1690583
Turkiyadagi sel tufayli hayotini yoʻqotganlar soni 27 nafarga yetdi

Kastamonu, Sinop va Bartindagi sel falokatida hayotini yoʻqotganlar soni 27 nafarga yetdi.

Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda Kastamonuda sel tufayli 25, Sinopda 2 jami 27 kishining hayotdan koʻz yumgani qayd etildi.

Bayonotda ifoda etilishicha, falokatdan soʻng darhol barcha tegishli muassasalar, xodimlar va transportlar orqali evakuatsiya, qidiruv-qutqaruv va chora koʻrish ishlari boshlatilgan.


Tanlangan kalimalar: #Bartin , #Sinop , #Kastamonu , #sel falokati

Aloqador xabarlar