Turkiya Sudan xalqi va davlati yonida boʻlishni davom etadi

Erdoʻgʻan Prezidentlik kulliyasida amaliy tashrif bilan Anqaraga kelgan Sudan Suveren kengash raisi general Abdulfattoh al-Burhon bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

1690466
Turkiya Sudan xalqi va davlati yonida boʻlishni davom etadi

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan:

“Murakkab jarayonni birodar Sudan xalqi va davlatining yonida boʻlish orqali qulaylashtirish va birdamlik ichida davom ettirishda qarorimiz qat’iydir”. – dedi.

Erdoʻgʻan Prezidentlik kulliyasida amaliy tashrif bilan Anqaraga kelgan Sudan Suveren kengash raisi general Abdulfattoh al-Burhon bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Tarixiy tashrifning Sudan-Turkiya munosabatida yangi davrning suyunchli xabari ekaniga ishonchi komil ekanini ifoda etgan Erdoʻgʻan, Sudanda, 2019-yildan beri keng koʻlamli va muhim oʻzgarish jarayoni qayd etilganini yodga soldi.

Burhonning shunday nozik bir davrda katta javobgarchilikni oʻz zimmasiga olganini ifoda etgan Erdoʻgʻan oʻz soʻzini:

“Murakkab jarayonni birodar Sudan xalqi va davlatining yonida boʻlish orqali qulaylashtirish va kelajakni birdamlik ichida davom ettirishda qarorimiz qat’iydir. /…/. Sudan xalqi duch kelgan qiyinchiliklarni yengib oʻtadigan kuchga, qat’iyatlik va birdamlik ruhiga egadir”. –deya davom ettirdi.

Sudan Suveren kengash raisi general Abdulfattoh al-Burhon esa, Turkiyaning har doim Sudanning yonida ekanini qayd etdi.

Burhon, ikki mamlakat oʻrtasida chuqur va tarixiy aloqalar borligiga e’tibor qaratgan holda:

“Bugungi kunda Sudan boshdan kechirayotgan oʻzgarish jarayonida ham Turkiya yonimizda boʻldi. Xudo xohlasa Turkiya va Turkiya lideri kabi samimiy doʻstlarimizning qoʻllab-quvvatlashi bilan bu jarayonni ham yengib oʻtamiz”. – deya gapirdi.

Matbuot anjumani oldidan ikki mamlakat oʻrtasida 6 boshqa tarmoqda shartnoma imzolandi.

 



Aloqador xabarlar