Iroq shimolida turk askarlaridan biri shahid boʻldi

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi mamlakatda boʻlganidek qoʻshni davlatlarda ham uzluksiz davom etmoqda.

1690455
Iroq shimolida turk askarlaridan biri shahid boʻldi

Iroq shimolida PKK terror tashkilotiga a’zo terroristlar tomonidan uyushtirilgan hujumda bir askar shahid boʻldi.

Milliy Mudofaa vazirligi, Panja-Shimshek amaliyoti olib borilgan maydondagi bir bazaga qarshi PKK terror tashkiloti a’zolari tomonidan minomyot orqali hujum uyushtirilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha hujum chogʻida bir askar jiddiy jarohat olgan va shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay shahid boʻlgan.



Aloqador xabarlar