Mudofaa vaziri Hulusi Akarning Pokistonga boʻlgan tashrifi davom etmoqda

Hulusi Akar Pokistonda mamlakat Prezidenti Orif Alvi va Bosh vazir Imron Xon tomonidan qabul qilindi.

1689680
Mudofaa vaziri Hulusi Akarning Pokistonga boʻlgan tashrifi davom etmoqda
akar alvi.jpeg

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akarning Pokistonga boʻlgan tashrifi davom etmoqda.

Hulusi Akar Pokistonda mamlakat Prezidenti Orif Alvi va Bosh vazir Imron Xon tomonidan qabul qilindi.

Qabul chogʻida Pokistonning Mustaqillik kunini tabriklagan Akar tomonidan Alviga, haftaning yakshanba kuni Istanbulda boʻlib oʻtadigan Pokiston MILGEM loyihasining birinchi kemasi BOBURning dengizga tushirilishi marosimida ishtirok etishi uchun Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻanning rasmiy taklifi yetkazildi.

Mudofaa vaziri Akar ortidan Pokiston Bosh vaziri Xon tomonidan Bosh vazir qarorgohida qabul qilindi.

Pokiston mudofaa vaziri Pervez Xattak ham ishtirok etgan ushbu uchrashuvda oʻzaro, mintaqaviy mudofaa, xavfsizlik va mudofaa sanoatidagi hamkorlik masalalari qoʻlga olindi.

Uchrashuvda Akar, Turkiya va Pokiston oʻrtasidagi chuqur tarixiy aloqalarni ta’kidlar ekan ikki mamlakat xalqlarining yaxshi va yomon kunlarda bir-birini yolgʻiz qoʻymaganiga, oʻrmon yongʻinlariga qarshi kurashda Pokistondan kelgan va qoʻllab-quvvatlagan mazmundagi xatlarning kuch berganiga, Turkiyaning Kashmir masalasidagi yordamining Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan tomonidan har qanday sharoitda tilga olingani va harbiy hamkorlikning yana-da orttirilishining ahamiyatiga toʻxtaldi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Pokiston , #Hulusi Akar , #Orif Alvi , #Imron Xon

Aloqador xabarlar