Chavushoʻgʻlu: Antaliyadagi yongʻinlar toʻliq nazorat ostiga olindi

Chavushoʻgʻlu Antaliyadagi yongʻinlarning toʻliq nazorat ostiga olinganini ma’lum qildi.

1688520
Chavushoʻgʻlu: Antaliyadagi yongʻinlar toʻliq nazorat ostiga olindi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu Antaliyadagi yongʻinlarning toʻliq nazorat ostiga olinganini ma’lum qildi.

Chavushoʻgʻlu Antaliyaning Manavgat tumanidagi Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqaruvi (AFAD) muvofiqlashtirish markazida bergan bayonotida:

“Antaliyadagi yongʻin butunlay nazorat ostiga olindi. Yongʻindan keyin yordamlar qanday qilib yetkazib beriladi, bu ziyonlar qanday qoplanishi mumkin degan savolga tinmay javob qidiryapmiz. Katta ziyon koʻrgan binolar qulatilib oʻrniga yangi turar-joylar inshoo etiladi. Kan ziyon koʻrgan binolarning qayta ta’mirlanishi uchun yordam beriladi”. - degan ifodalarga oʻrin berildi.



Aloqador xabarlar