Erdoʻgʻan: 44 viloyatda kelib chiqqan 208 oʻrmon yongʻinining 196 tasi nazorat ostiga olindi

Prezident Erdoʻgʻan Istanbulda bergan bayonotida, mamlakat boʻylab davom etayotgan oʻrmon yongʻinlari haqida ma’lumot berdi.

1686878
Erdoʻgʻan: 44 viloyatda kelib chiqqan 208 oʻrmon yongʻinining 196 tasi nazorat ostiga olindi

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan, mamlakatning 44 viloyatida kelib chiqqan 208 oʻrmon yongʻinining 196 tasi nazorat ostiga olinganini bildirdi.

Prezident Erdoʻgʻan Istanbulda bergan bayonotida, mamlakat boʻylab davom etayotgan oʻrmon yongʻinlari haqida ma’lumot berdi.

“Mamlakatimizning 44 viloyatida sodir boʻlgan 208 oʻrmon yongʻinining 196 tasi nazorat ostiga olindi.” - degan Prezident Erdoʻgʻan:

“Oʻrmon yongʻinlariga qarshi kurashish uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar qildik. Quruqlikdan va havodan kurashgan vositalar soni jadal ravishda ortdi”. – deya gapirdi.

Erdoʻgʻan:

“Hozirgi vaqtda 56 vertolyot oʻt oʻchirish ishlarini davom ettirmoqda. 5 viloyatimizda 12 yongʻinni nazorat ostiga olish harakatlari davom etmoqda. Bu viloyatlarimiz Antaliya, Mugʻla, Isparta, Oydin va Dengizli”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.



Aloqador xabarlar