Mustafo Shento'p Eron prezidenti Raisiyning inauguratsiya ma'rosimida ishtirok etdi

Turkiya delegatsiyasi tarkibida Turkiya-Eron parlamentlararo do'stlik guruhi rahbari va Ak partiya deputati Osman Nuri Gulachar, Ak partiyaning Kutahiya okrugi deputati Ishak Gazel va boshqa vakillar o'rin olgan.

1686663
Mustafo Shento'p Eron prezidenti Raisiyning inauguratsiya ma'rosimida ishtirok etdi

 

Turkiya parlamenti rahbari Mustafo Shento'p 5 avgust kuni Eronning yangi prezidenti Ibrohim Raisiyning inauguratsiya ma'rosimida ishtirok etish maqsadida Eronga tashrif buyurdi.

Mustafo Shento'p poytaxt Tehrondagi Mehrobod aeroportida Turkiyaning mamlakatdagi elchisi Derya O'rs va eronlik deputatlar tomonidan kutib olindi.

Turkiya delegatsiyasi tarkibida Turkiya-Eron parlamentlararo do'stlik guruhi rahbari va Ak partiya deputati Osman Nuri Gulachar, Ak partiyaning Kutahiya okrugi deputati Ishak Gazel va boshqa vakillar o'rin olgan.

Mustafo Shento'p Eronning yangi prezidenti Ibrohim Raisiyning inauguratsiya ma'rosimida ishtirok etdi.

Ta'kidlanishicha, marosimda 10ta davlat prezidenti, 20ta davlat parlamenti spikeri, 11 nafar tashqi ishlar vaziri, 11ta xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari, BMT bosh kotibi vakili, Yevropa ittifoqi, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi, Parlamentlararo ittifoqning rasmiy shaxslari ishtirok etgan.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Mustafo Shento’p , #Eron , #Turkiya

Aloqador xabarlar