Erdo’g’an:"Yonayotgan o’rmonlarimizni takror ko'kalamzorlashtiramiz"

Erdo’g’an yong’inni o’chirish faoliyatlari jadallik bilan olib borilar ekan, bir tomondan yuzaga kelgan talofatlarni aniqlash bo’yicha faoliyatlar davom etayotganligini ma'lum qildi.

1685918
Erdo’g’an:"Yonayotgan o’rmonlarimizni takror ko'kalamzorlashtiramiz"

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha jonli efir orqali Turkiya kun tartibidagi dolzarb masalalar bo’yicha savollarga javob berdi.

Mamlakat janubida ro’y berayotgan o’rmon yong’inlariga e’tibor qaratgan Erdo’g’an, yong’inni o’chirish faoliyatlari jadallik bilan olib borilar ekan, bir tomondan yuzaga kelgan talofatlarni aniqlash bo’yicha faoliyatlar davom etayotganligini ma'lum qildi.

“Umid qilamanki, biz yong’inda zarar ko’rgan o’rmonlarimizni takror yam-yashil qilib, ko'kalamzorlashtiramiz. 5 yarim milliard daraxtni qanday ekkan bo’lsak, xuddi shu shaklda qayta tiklaymiz. Xalqimiz shunga ishonsinki, yonayotgan o'rmonlarimiz kullaridan qayta tug'iladigan kunlarni barchamiz birgalikda ko'ramiz”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Turkiyada bir haftadan buyon o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda.

Mamlakat qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirli 132ta yong‘indan 125tasi nazorat ostiga olinganini aytgandi. Mamlakatning 32 viloyatida yong‘inlar qayd etilgan. Tabiiy ofat oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgan. 

Yong‘inlarni o‘chirish uchun Xorvatiya, Ispaniya, Rossiya, Ukraina, Ozarboyjon va Eron o‘t o‘chiruvchi samolyotlarini jo‘natgan.


Tanlangan kalimalar: #o'rmon yong'inlari , #Turkiya

Aloqador xabarlar