Kalin bilan Sallivan Afgʻoniston, Tunis, Kipr va boshqa mintaqaviy masalalarni ham baholadi

Ibrahim Kalin AQSh Prezidentining Milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jeyk Sallivan bilan telefon orqali muloqot qildi.

1685073
Kalin bilan Sallivan Afgʻoniston, Tunis, Kipr va boshqa mintaqaviy masalalarni ham baholadi

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin Amerika Qoʻsham Shtatlari (AQSh) Prezidentining Milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jeyk Sallivan bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra Ibrahim Kalin bilan Jeyk Sallivan unda oʻzaro munosabatlarning borishi, Afgʻoniston, Tunis, Kipr va boshqa mintaqaviy masalalarni baholagan.

Shuningdek Turkiya-AQSh munosabatlaridagi ijobiy kun tartibiga e’tibor berish va hamkorlikni rivojlantirish uchun tashlanishi kerak boʻlgan qadamlar haqida fikr  almashilgan.

Oʻrmon yongʻinlarining, ayniqsa bu kunlarda dunyoning bir necha davlati duch kelgan global muammoga aylangani va bunga qarshi kurashdagi birdamlik bilan hamkorlikning ahamiyati ta’kidlangan uchrashuvda, Afgʻonistonda insoniy inqiroz kelib chiqmasligi, barqaror va tinchlik muhitining oʻrnatilishi uchun xalqaro hamkorlikning zarur ekani alohida ifoda etilgan.

Uchrashuvda, Tunisda demokratik va konstitutsiyaviy tuzumni qayta tiklashning zarurligi masalasida kelishib olingan.

Unda Kiprdagi haqiqatning xalqaro hamjamiyat tomonidan toʻgʻri tushunilishi va adolatli yondashuvni ifodalovchi ikki davlat asosidagi yechimning qoʻllab-quvvatlanishi kerakligi aytilib, Turkiyaning mintaqaviy tinchlik va barqarorlikka hissa qoʻshish uchun xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik ichida boʻlishni davom tishi qayd etilgan.



Aloqador xabarlar