Mavlud Chavusho’g’li Ispaniya va Xorvatiyaga minnatdorlik bildirdi

Ispaniya va Xorvatiya Turkiyadagi o’rmon yong’inlariga qarshi kurashda ko’maklashish maqsadida mamlakatga 3ta o’t o’chiruvchi samolyot yubordi.

1684068
Mavlud Chavusho’g’li Ispaniya va Xorvatiyaga minnatdorlik bildirdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog’ida Turkiya va Ispaniya o’rtasidagi ko’p qirrali munosabatlarning bugungi holati va istiqboldagi rejalar ko’zdan kechirildi. Shuningdek, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Mavlud Chavusho’g’li Yevropa Ittifoqi tinch aholi xavfsizligini muhofaza qilish mehanizmi doirasida Turkiyaga ko’rsatgan yordamlari uchun Ispaniyaga minnatdorlik bildirdi.

U Twitter orqali Turkiyaga ko’rsatgan yordamlari uchun Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albaresga, shuningdek, Turkiyaga o’t o’chiruvchi samolyot yuborgan Xorvatiyaning tashqi ishlar va Yevropa masalalaridan mas’ul davlat vaziri Jordan Grlik Radmanga alohida minnatdorlik bildirdi.

Avvalroq, Yevrokomissiya Turkiyadagi o’rmon yong’inlariga qarshi kurashda ko’maklashish maqsadida 3ta o’t o’chiruvchi samolyot yuborilishini ma’lum qilgandi.

Ma’lumotga ko’ra, Yevrokomissiya ma’muriyati Turkiyadagi o’rmon yong’inlarini o’chirishda ko’maklashish uchun Xorvatiyadan 1ta o’t o’chiruvchi samolyot, Ispaniyadan 2ta o’t o’chiruvchi samolyot yubordi.



Aloqador xabarlar