Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlarining katta qismi o'chirildi

Turkiya o‘t o‘chiruvchilari mamlakatda davom etayotgan 112 ta o‘rmon yong‘inlarining 107 tasini o‘chirishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda Turkiya Qishloq-xo'jaligi va o‘rmon vaziri Bekir Pakdemirli ma'lum qildi.

1683558

“28 iyulda boshlangan 112ta o'rmon yong'inlarining 107 nafari o'chirildi. hozirda yana 5 ta hududda yong'inlar davom etmoqda. Qahramonlar katta shijoat bilan havodan va yerdan olovni o‘chirishga harakat qilishyabdi”, deb aytgan vazir Bekir Pakdemirli.

Vazir taqdim etgan jadvalga ko‘ra, hozirda Adana, Antaliya, Mersin, Mug‘la va Osmaniya viloyatlarida yong‘inlar davom etmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 29 iyul kuni Antaliyadagi 18 ta qishloq va tuman aholisi evakuatsiya qilingan. Yong‘in qurbonlari soni 4 kishiga yetgan, 183 kishi jarohatlanib, 58 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Yong‘in oqibatida 100 dan ortiq xususiy uylar va inshootlar zarar ko‘rgan.

Turkiyadagi o'rmon yong'inlarini o'chirish faoliyatlariga ko'maklashish maqsadida Ozarbayjondan 100 kishilik mutahassis guruh yetib kelgan. Ular Marmaris bilan Ko'yjegiz tumanidagi o'rmon yong'inlarini o'chirishda ishtirok etishmoqda.

Tanlangan kalimalar: #o'rmon yong'inlari , #Turkiya

Aloqador xabarlar