Ozarbayjon va Ukraina Turkiyaga yordam qo'lini uzatdi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning topshirig‘iga muvofiq, Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish va ularning keng tarqalishini oldini olish maqsadida mamlakatga yordam guruhlari yuborildi.

1683584

Bu haqda Ozarbayjon Prezidentining o'rinbosari — Davlat rahbari ma’muriyatining tashqi siyosat masalalari bo‘limi boshlig‘i Hikmet Hojiyev ma'lum qildi.

Ozarbayjon Prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, Aliyev Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘llagan. Aliyev Ozarbayjon xalqi nomidan halokatli yong‘inlarda halok bo‘lganlarning oilalari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan va qurbonlarga tezroq sog‘ayib ketishini tilagan.

Bundan tashqari, Ukraina ham Turkiyani qamrab olgan o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish uchun mamlakatga ikkita samolyot yuborgandi.

Eslatish joizki, Turkiyaning g‘arbiy va janubiy sohillarida 28 iyuldan beri o‘rmonlar yonmoqda. Falokat Antaliyaning mashhur turistik hududiga katta zarar yetkazgan.

Antaliya ma’muriyati bu so‘nggi yillarda sodir bo'lgan eng kuchli yong‘in bo‘lganini ta’kidlamoqda. 

Yong‘in qurbonlari soni 4 kishiga yetgan, 183 kishi jarohatlangan. 58 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Yong‘in oqibatida 100 dan ortiq xususiy uylar va inshootlar zarar ko‘rgan.

Aloqador xabarlar