Turkiyada o‘rmon yong‘inlaridan zarar ko'rgan viloyatlar falokat hududi deb e'lon qilindi

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an ma'lum qilishicha, o'rmon yong'inlaridan katta zarar ko'rgan Antalya, Adana, Mersin, Mug‘la va Usmoniya viloyatlari falokat hududi deb e'lon qilindi.

1683570
Turkiyada o‘rmon yong‘inlaridan zarar ko'rgan viloyatlar falokat hududi deb e'lon qilindi

 

Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlari iskanjasida qolgan viloyatlar falokat hududi deb e'lon qilindi.

Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anTwitterdagi sahifasida ma'lum qildi.

Prezidentning ma'lum qilishicha, o'rmon yong'inlaridan katta zarar ko'rgan Antalya, Adana, Mersin, Mug‘la va Usmoniya viloyatlari falokat hududi deb e'lon qilindi. 

"Biz mamlakatimiz yarasiga malham bo'lish va zararni qoplash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishda davom etamiz", — deb yozdi Prezident Twitterdagi akkauntida.

Turkiya qishloq xo‘jaligi va o‘rmon vaziri Bekir Pakdemirlining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hududida 28 iyuldan 31 iyulgacha 112ta o‘rmon yong‘ini qayd etilgan, ulardan 107tasini o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan.

Erdo‘g‘anning vakili Ibrohim Kalin yong‘inlarni Turkiyaning milliy falokati deb atadi. U prokuratura yong‘inlarning kelib chiqish sababini o‘rganayotganini aytdi.

Yong‘inlar oqibatida Antalyada uch, Marmarisda bir kishi halok bo‘lgan, 180dan ortiq kishi shifoxonaga murojaat qilgan.

Erdo'g'an taqdim etgan jadvalga ko‘ra, Antaliyaning Manavgar, Akseki, Alaniya, Gunmdo'g'mush tumanlari; Mug'laning Marmaris, Bodrum, Milas, Ko'rjegiz va Seydikemer tumanlari; Mersinning Aydinjik va Silifke tumanlari, Usmoniyaning Markaz va Kadirli tumanlari; Adananing Aladag', Imomog'li, Karaisali va Ko'zan tumanlarida yong'indan katta zarar ko'rgan mahallalar ham falokat hududi deb e'lon qilindi.

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #o'rmon yong'inlari , #Turkiya

Aloqador xabarlar