Turkiya 98 oʻrmon yongʻinidan 88 tasini nazorat ostiga oldi

Turkiyaning turli mintaqalarida sodir boʻlgan oʻrmon yongʻinlarini oʻchirish harakatlari davom etmoqda.

1683430
Turkiya 98 oʻrmon yongʻinidan 88 tasini nazorat ostiga oldi

Mamlakatda sodir boʻlgan 98 oʻrmon yongʻinidan 88 tasi nazorat ostiga olindi.

Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon vaziri Bekir Pakdemirli, Twitter hisobi orqali mavzu haqida qoldirgan postida:

“2021-yilning 28-31 iyuli kunlari orasida kelib chiqqan 98 oʻrmon yongʻinidan 88 tasini nazorat ostiga oldik. Yana 10 yongʻinni oʻchirish harakatlari davom etmoqda.” - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Bekir Pakdemirli boʻlishgan postda Adanada 1, Antaliyada 3, Mersinda 3, Mugʻlada 2 va Oʻsmaniyada 1 yongʻinning davom etgani qayd etildi.



Aloqador xabarlar