Turkiya Tunis xalqini qo’llab-quvvatlashini ma'lum qildi

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g'lu, Turkiyaning Tunis xalqiga ko'rsatgan yordamini Tunis tashqi ishlar vaziri Usmon el-Cerendiga yetkazdi.

1681233
Turkiya Tunis xalqini qo’llab-quvvatlashini ma'lum qildi

 

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g'lu, Turkiyaning Tunis xalqiga ko'rsatgan yordamini Tunis tashqi ishlar vaziri Usmon el-Cerendiga yetkazdi.

Vazirlik ma'lumotlariga ko'ra, Chavushog'lu Tunis tashqi ishlar vaziri el-Cerendi bilan telefon orqali suhbatlashdi.

Uchrashuvda Chavushog'lu, Turkiyaning Tunisning barqarorligi va tinchligiga, Tunis xalqiga ko'rsatayotgan himoyalarining ahamiyatiga   diqqat qaratdi.

Tunisda 25 iyulda yuzlab odamlar ishtirokida hukumat va muxolif partiyalarga qarshi norozilik namoyishlari bo'lib o'tdi va boshlangan voqealarda partiya markazlariga, ayniqsa Ennahda harakatiga hujumlar uyushtirildi.

Voqealar yuz berganda, Tunis prezidenti Qays Said parlamentning barcha vakolatlarini muzlatib qo'yganini, deputatlarning daxlsizligini to'xtatganini, amaldagi bosh vazir Xisham al-Mashishini  lavozimdan chetlashtirganini  va o’z  tayin qiladigan bir  bosh vazir bilan ijro etuvchi hokimiyatni egallashini e'lon qilgan edi.

Said sud tizimiga ham o'zini bosh prokuror deb e'lon qilish bilan  sud ga  ham aralashgan edi.

Hukumatga qarshi ushbu to'ntaruv tashabbusidan so'ng, askarlar Tunis parlamenti Raisi  va Ennahda harakati rahbari Rashid al-Gannushi va unga hamrohlik qilgan deputatlarni  ham parlamentga olmadilar.

Prezident Qays Said qarorlari bilan xalqni tinchlik sevar  namoyishga  chaqirgan Gannushi, hech qanday huquqiy asosga ega bo'lmagan bu qadamni  "to'ntarish" ekanligini ta'kidladi.

Qays Said esa tarixiy bir  mas'uliyatni o'z zimmasiga olganini va qabul qilgan qarorlari konstitutsiyaga mos ekanligini aytgan edi.

Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g'lu, Turkiya  Tunis xalqini qo’llab- quvvatlaydi dedi

 



Aloqador xabarlar