Angola Prezidenti Lourenso, Prezident Erdo'g'anning taklifiga binoan poytaxt Anqarada

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Turkiya terrorizmga qarshi kurashda o'zini  isbotlagan bir mamlakat sifatida, ayniqsa Angolaning yonida bo'lishini aytdi.

1681212
Angola Prezidenti Lourenso, Prezident Erdo'g'anning taklifiga binoan poytaxt Anqarada

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Turkiya terrorizmga qarshi kurashda o'zini  isbotlagan bir mamlakat sifatida, ayniqsa Angolaning yonida bo'lishini aytdi.

Angola Prezidenti Joao Manuel Gonsalves Lourenso, Prezident Erdo'g'anning taklifiga binoan poytaxt Anqaraga keldi.

Erdog'an, Lourenchoni Prezident majmuasida rasmiy marosim bilan kutib oldi.

Alohida va delegatsiya uchrashuvlaridan so'ng, ikki davlat o'rtasida 10 ta shartnoma imzolandi.

Erdo'g'an, keyinchalik o'tkazilgan qo'shma matbuot anjumanida, Angola bilan harbiy, siyosiy, savdo va madaniy kabi ko'plab

mavzularda muzokaralar olib borganlarini, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasidan keyin ziyorat qilish uchun bir guruh ishbilarmonlar bilan Angolaga borishini ma'lum qildi.

Erdo’g'an,

"Biz yuqori darajadagi tashriflarni ham boshlamoqchimiz. Bizning savdo hajmimiz 176 million dollarni tashkil etadi. Ushbu savdo hajmi ushbu ikki qudratli davlat uchun juda yengil. Birinchi bosqichdagi kelishuvimiz 500 million dollarga yetishi kerak” deya qayd etdi.

Erdo'g'an, Turkiya terrorizmga qarshi kurashda o'zini isbotlagan mamlakat sifatida, ayniqsa Angolaning yonida bo'lishini ta'kidladi.

Angola Prezidenti Lourenco, kelishuvlar haqida, "Turk sarmoyadorlari Angolaga ko'proq ishonch bilan kelib, sarmoya kiritishlari mumkin bo'ladi va bu Angolalik investorlar uchun ham jori " deb bildirdi.

Lourenco, kelishuvlar bilan yillar davomida yo'qolgan vaqtni qaytarib, ikki tomonlama munosabatlar va savdo hajmi bo'yicha eng yuqori pog'onaga ko'tarilishni xohlashlarini aytdi.



 

 

 

 

 

 

 

 

 






 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Prezident , #Angola , #Turkiya

Aloqador xabarlar