AK Partiya hay’ati Ozarbayjonda shahidlik qabrini ziyorat qildi

AK partiya raisi oʻrinbosari Numan Kurtulmush boshchiligidagi hay’at Ozarbayjonda.

1680288
AK Partiya hay’ati Ozarbayjonda shahidlik qabrini ziyorat qildi

Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK partiya) raisi oʻrinbosari Numan Kurtulmush boshchiligidagi AK Partiya hay’ati Ozarbayjonga boʻlgan tashrifi chogʻida shahidlik qabrini ziyorat qildi.

Numan Kurtulmush va hamrohligidagi hay’at avvalom bor Prezident Haydar Aliyev qabrini ziyorat qildi.

Qabr boshiga gulchambar qoʻygan Kurtulmush ortidan, 20-yanvar shahidlari dafn etilgan Boku shahidlari hiyoboni bilan Kavkaz Islom shahidlarining tasviriy qabrlari oʻrin olgan Boku Turk shahidligini ziyorat qildi.  Shahidlik yodgorligiga gulchambar qoʻygan Kurtulmush, Boku Turk shahidligi xotira daftarini imzoladi.

Kurtulmush, shahidlik ziyoratlaridan keyin matbuotga bergan bayonotida AK Partiya bilan Yangi Ozarbayjon partiyasi oʻrtasidagi aloqalarni tasdiqlash va yanada mustahkamlash maqsadida Ozarbayjonga tashrif uyushtirganliklarini qayd etdi.

Turkiya bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi munosabatlarning a’lo darajada davom etganini ta’kidlagan Kurtulmush, (Armanistonning Ozarbayjon tuproqlarini ishgʻoliga qarshi) 44 kun davom etgan muqaddas kurashida Turkiya xalqining bor kuchi bilan Ozarbayjonning yonida boʻlganini, Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻanning ilk ondan beri Ozarbayjonning Qorabogʻdagi ishgʻolni toʻxtatish uchun bergan kurashida qoʻllab - quvvatlaganini bildirdi.

Kurtulmus, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning pozitsiyasi va xalqning jasorati tufayli uzoq yillar davom etgan istiloga chek qoʻyilganligiga e’tibor qaratgan holda, urushda shahid boʻlganlarga rahmat tiladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Numan Kurtulmush , #AK partiya

Aloqador xabarlar