Bayraktar AKINCI 15-iyul shahidlarini yodga olib uchish amalga oshirdi

Bayraktar AKINCI 15-iyul shahidlarini yodga olib kecha uchish amalga oshirdi.

1676324
Bayraktar AKINCI 15-iyul shahidlarini yodga olib uchish amalga oshirdi

Bayraktar AKINCI, 15-iyul Demokratiya va milliy birlik kuni munosabati bilan kecha shahidlarni yodga olib, uchish amalga oshirdi.

Baykarning Twitter hisobida mavzu haqida bo‘lishilgan postda,

“Bayraktar AKINCI S-1 15-iyul Hurmat uchishini tamomladi! #TürkiyeGeçilmez (Turkiya bosib olinolmaydi)”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Bayraktar AKINCI S-1 Chanoqqal’a Saroz ko‘rfazida amalga oshirgan uchishida, 15-iyul shahidlari xotirasiga atab osmonda “15” deb yozib, hilol rasmi chizdi.

Baykar tomonidan mahalliy va milliy imkonlar bilan ishlab chiqarilgan Bayraktar AKINCI TIHA  (Hujum qilish xusiyatiga ega Uchuvchisiz havo transporti), o‘tgan hafta qariyb 38 ming 39 fut (11 ming 594 metr) yuqoriga ko‘tarilib, 25 soat 46 daqiqa havoda qolish orqali Turk aviatsiya tarixida rekord o‘rnatgandi.



Aloqador xabarlar