Kapadokiyada issiq havo sharlari bugun Turk bayrog‘i va plakatlar bilan uchirildi

Kapadokiyada issiq havo sharlari, 15-iyul Demokratiya va milliy birlik kuni munosabati bilan Turk bayrog‘i va plakatlar bilan uchirildi.

1675727
Kapadokiyada issiq havo sharlari bugun Turk bayrog‘i va plakatlar bilan uchirildi

Kapadokiyada issiq havo sharlari, 15-iyul Demokratiya va milliy birlik kuni munosabati bilan Turk bayrog‘i va plakatlar bilan uchirildi samoga.

Adolat va taraqqiyot partiyasi (Ak partiya) Nevshehir viloyat yetakchiligi tomonidan tayyorlangan “Unutmadik, unutmaymiz!” va “Turkiya bosib olinolmaydi!” - deb yozilgan plakatlar bilan Turk bayroqlari issiq havo sharlarining savatlariga ilib qo‘yildi.

Bugun ertalab Nevshehirning Avanos tumani Pashabag‘i atrofidan ko‘tarilgan sharlar, samoda chiroyli ko‘rinish yaratdi.

Adolat va taraqqiyot partiyasi viloyat rahbari Ali Kemikkiran, issiq havo sharlari osilgan plakatlar orqali aytmoqchi bo‘lgan gaplarini dunyoga yetkazish niyatida ekanliklarini belgilab o‘tgan holda:

“251 nafar shahidimiz bilan 2 ming 196 g‘oziyimizni minnatdorchilik bilan yodga olamiz. Ularni unutmaganimiz va aslo unutmasligimizni namoyon etishni xohladik. Dunyoning to‘rt burchag‘idan kelgan mehmonlarimiz bor. Butun dunyoga mintaqamizdan huddi shularni yetkazmoqchimiz”. - dedi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar