Chavusho‘g‘lu O‘zbekistonga FETOga qarshi ko‘rgan choralari uchun minnatdorchilik bildirdi

Mevlut Chavusho‘g‘lu amaliy tashrif bilan borgan O‘zbekistonda, Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasida uyushtirilgan 15-iyul Demokratiya va milliy birlik kuni tadbirida nutq so‘zladi.

1675877
Chavusho‘g‘lu O‘zbekistonga FETOga qarshi ko‘rgan choralari uchun minnatdorchilik bildirdi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Fetullahchi Terror tashkilotining (FETO) faoliyatini davom ettirayotgan mamlakatlarga,

“Milliy xavfsizligingiz, bolalaringiz kelajagi uchun xoinlardan o‘z vaqtida qutiling. Ertaga kech bo‘lishi mumkin.” dedi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu amaliy tashrif bilan borgan O‘zbekistonda, Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasida uyushtirilgan 15-iyul Demokratiya va milliy birlik kuni tadbirida nutq so‘zladi.

Davlatni xoinlardan tozalagan sari Turkiya kuchiga - kuch qo‘shilganini qayd etgan Chavusho‘g‘li:

“To‘ntarishga qarshi to‘ntarish uyushtirgan xalq a’zolari bo‘lishdan faxrlanamiz. Xoinlarni davlatimizdan tozalagan sari kuchimizga-kuch qo‘shildi. Bugungi kunga kelib Turkiya yana-da kuchli, yana-da mustaqildir”.- dedi.

“FETOga qarshi dunyoning har bir burchagida kurashyapmiz, kurash olib borishni davom etamiz”. - degan Chavusho‘g‘li:

“FETOga aloqador maktablarni dunyoning 42 davlatida bekitdik. Ko‘plab mamlakatdan FETO a’zolarining deportatsiya qilinishini ta’minladik. Ushbu kurashni qat’iyat bilan birgalikda davom ettiramiz”.-dedi.

Chavusho‘g‘lu, FETO faoliyatini davom ettirayotgan mamlakatlarga o‘z murojaatini yana bir bor takrorlagan holda:

“Hammaga qilgan murojaatimizni takrorlamoqchiman. Bu hiyla-nayrangli terror tashkiloti bugun bizga, ertaga esa sizga qarshi hujum uyushtiradi. Bizda yoshlarni qanday qilib aqldan ozdirgan bo‘lsa sizning yoshlarga ham huddi shunday ziyon yetkazmoqda. Milliy xavfsizligingiz, bolalaringiz kelajagi uchun xoinlardan o‘z vaqtida qutiling. Ertaga kech bo‘lishi mumkin. Afsuski ba’zi birodar davlatlarning bunga judayam kech qolganiga guvoh bo‘lyapmiz”. - deya gapirdi.  

O‘zbekiston yetakchiligiga tashkilotga qarshi ko‘rgan chora-tadbirlari uchun minnatdorchilik bildirgan Chavusho‘g‘lu shuningdek, Turkiya bir vaqtning o‘zida bir necha terror tashkilotiga qarshi kurashayotganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar