Turkiya Teleradiokompaniyasi TRTga yangi rahbar tayinlandi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an tomonidan imzolangan qarorga binoan, bugun, 14 iyuldan e’tiboran TRT bosh direktori lavozimiga professor Mehmet Zohid Sobaji, TRT boshqaruv kengashi rahbari lavozimiga esa, professor Ahmet Albayrak tayinlandi.

1675214
Turkiya Teleradiokompaniyasi TRTga yangi rahbar tayinlandi

 

Turkiya Teleradiokompaniyasiga (TRT) yangi rahbar tayinlandi.

TRTning amaldagi rahbari Ibrohim Erenning 4 yillik xizmat muddati yakunlandi. Shu munosabat bilan uning o’rniga professor Mehmet Zohid Sobaji TRT bosh direktori etib tayinlandi. Shuningdek, TRT boshqaruv kengashi rahbari lavozimiga esa, professor Ahmet Albayrak tayinlandi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an tomonidan imzolangan qarorga binoan, bugun, 14 iyuldan e’tiboran TRT bosh direktori lavozimiga professor Mehmet Zohid Sobaji, TRT boshqaruv kengashi rahbari lavozimiga esa, professor Ahmet Albayrak tayinlandi.

Prezident qarori bugun gazetada e’lon qilindi.

Ibrohim Eren 2013 yilda TRT bosh direktori o’rinbosari, 2017 yil iyulda TRT boshqaruv kengashi rahbari va bosh direktori lavozimiga tayinlangandi.

U dastlabki 4 yil davomida TRT bosh direktori o’rinbosari, yana 4 yil TRT boshqaruv kengashi rahbari va bosh direktori sifatida jami 8 yil xizmat ko’rsatdi.



Aloqador xabarlar