Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos Turkiyaga tashrif buyuradi

Tashrif doirasida bo’lib o’tadigan uchrashuv va muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi.

1672460
Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos Turkiyaga tashrif buyuradi

 

Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos bugun, 9-iyul kuni Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning taklifiga binoan Turkiyaga tashrif buyuradi.

Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, mazkur ziyorat 9-11 iyul kunlarini o'z ichiga oladi. Tashrif doirasida bo’lib o’tadigan uchrashuv va muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi.

Shuningdek, Turkiya bilan do’st va qardosh Falastin Davlati o’rtasidagi ko’p qirrali hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo’yicha tashabbuslar, Falastindagi gumanitar inqiroz va Isroil-Falastin mojarolari muhokama qilinadi.

Falastinda o’tkazilishi rejalangan saylovlarga tayyorgarlik masalalari bo’yicha fikr almashiladi.


Tanlangan kalimalar: #Mahmut Abbos , #Falastin , #Turkiya

Aloqador xabarlar