Turkiyada koronavirusga qarshi emlanganlar soni 50 mlndan oshdi

Shu kunlarda mamlakat miqyosida 25 yoshdan kattalar koronavirusga qarshi emlandi, 18 yoshga to’lgan fuqarolarni emlash davom etmoqda. Ayni vaqtda 50 yoshdan kattalarda 3-dozani emlash boshlandi.

1668127
Turkiyada koronavirusga qarshi emlanganlar soni 50 mlndan oshdi

 

Turkiyada koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayoni jadallik bilan olib borilmoqda.

Shu kungacha mamlakat miqyosida koronavirusga qarshi emlanganlar soni 50 mlndan oshdi.

Bu haqda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qildi.

“Koronavirusga qarshi kurashda eng kuchli qurol bo’lmish vaksinatsiya kampaniyasida 50 mln doza emlandi. Mamlakatimizning mustahkam sog’liqni saqlash tizimi, tibbiyot xodimlarimizning ustun g’ayrati va shijoati bilan yaqinda o’z milliy vaksinamiz Turkovac yordamida kurashimiz davom etadi. Turkiyani yana ham sog’lom kelajak sari yetaklaymiz”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Turkiya Sog’liqni saqlash vazirligining "covid19asi.saglik.gov.tr" saytida o'rin olgan so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, bugun, 1-iyul mahalliy vaqt bilan soat 13:00 holatiga ko’ra, mamlakat miqyosida vaksina qabul qilganlarning umumiy soni 50 mln 56 ming 273 nafarni tashkil qilmoqda. Ulardan birinchi dozani qabul qilganlar soni 34 mln 895 ming 939 nafar, ikkinchi dozani qabul qilganlar soni esa 15 mln 160 ming 334 nafarni tashkil qilmoqda.

Shu kunlarda mamlakat miqyosida 25 yoshdan kattalar koronavirusga qarshi emlandi, 18 yoshga to’lgan fuqarolarni emlash davom etmoqda. Ayni vaqtda 50 yoshdan kattalarda 3-dozani emlash boshlandi.

Odatda kollektiv immunitet shakllanishi uchun aholining 70 foizi vaksina olishi shart. Shu sababli Turkiyada bir sutkada 1.5 mlndan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlanmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #vaksina , #koronavirus , #vaksinatsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar