Turkiyada vaksinaning ikkinch dozasini qabul qilganlar soni 15 milliondan oshdi

Turkiyada Covid-19ga qarshi kurash doirasida vaksinaning ikkinch dozasini qabul qilganlar soni 15 milliondan oshdi.

1667372
Turkiyada vaksinaning ikkinch dozasini qabul qilganlar soni 15 milliondan oshdi

Turkiyada yangi turdagi koronavirusga (Covid-19) qarshi kurash doirasida vaksinaning ikkinch dozasini qabul qilganlar soni 15 milliondan oshdi.

“Covid-19 ga qarshi vaksinalash milliy strategiyasi” doirasida oxirgi marotaba 18 yoshdagilarning hammasining vaksina qabul qilishiga ruxsat berilar ekan savdo markazlari, aeroportlar, poyezd va avtobus stansiyalari kabi insonlar gavjum boʻlgan har bir maydonda ham oʻz oʻrnida vaksinalash xizmati berilmoqda.

Fuqarolar Sinovac va BioNTech vaktsinalaridan xohlagan birini tanlash huquqiga ega.

Sogʻliqni Saqlash vazirligining “covid19asi.saglik.gov.tr” manzilida oʻrin olgan tezkor ma’lumotlariga koʻra, vaksinaning birinchi dozasini qabul qilganlar soni 34 million 345 ming 508, ikkinchi dozasini qabul qilganlar soni esa 15 million 56 ming 726 nagarni tashkil etmoqda.

Shunday qilib, dozaning umumiy miqdori 49 million 402 ming 234 deb qayd etildi.

 



Aloqador xabarlar