Hulusi Akar Chingʻiz Aytmatovning uy muzeyi ortidan qabrini ham ziyorat qildi

Hulusi Akar Qirgʻizistonga boʻlgan tashrifi chogʻida Chingʻiz Aytmatovning ham uy muzeyi, ham da qabrini ziyorat qildi.

1667586
Hulusi Akar Chingʻiz Aytmatovning uy muzeyi ortidan qabrini ham ziyorat qildi
Hulusi Akar Aytmatov Müze 2.jpg
Hulusi Akar Aytmatov Müze 3.jpg

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar Qirgʻizistonga boʻlgan tashrifi chogʻida Turk dunyosining mushtarak qadriyatlaridan biri boʻlgan va “Sahroning dono qalami” degan nom bilan ham tanilgan marhum yozuvchi Chingʻiz Aytmatovning qabrini ham ziyorat qildi. Mudofaa vaziri Hulusi Akarga qirgʻiz kasbdoshi general - mayor Taalaybek Omuraliyev ham hamrohlik qildi.

Turkiya Respublikasi Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Chingʻiz Aytmatovning uy muzeyida ham boʻldi. Uni esa Aytmatovning oʻgʻli Eldar bilan birgalikda tomosha qildi. Hulusi Akar Eldar Aytmatovning iltimosiga binoan Muzeyning faxriy daftarchasini, Chingʻiz Aytmatov koʻzi tirikligida asarlarini qalamga olgan ish stolida oʻtirib imzoladi.



Aloqador xabarlar