Turkiya vitse-prezidenti Fuat O'ktay O'zbekistonga tashrif buyurdi

Oliy martabali mehmon Toshkent aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov tomonidan kutib olindi.

1665678
Turkiya vitse-prezidenti Fuat O'ktay O'zbekistonga tashrif buyurdi

 

Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Fuat O'ktay boshchiligidagi delegatsiya kecha, 27 iyun kuni oqshom O’zbekistonga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar kutib oldilar.

 

 

Fuat O’ktayga Turkiya atrof-muhit va shaharsozlik vazirining o’rinbosari Fatma Varank, Energetika va tabiiy manbalar vazirining o’rinbosari Sheref Kalaychi, madaniyat va turizm vazirining o’rinbosari Serdar Cham, sanoat va texnologiyalar vazirining o’rinbosari Chetin Ali Do’nmez, savdo vazirining o’rinbosari Sezai Ucharmak, transport va infratuzilma vazirining o’rinbosari Selim Dursun va boshqa rasmiylar hamrohlik qilmoqda.

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi hamda O’zbek-Turk biznes forumi o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Delegatsiya tashrif doirasida Toshkent shahrida bo’lib o’tadigan Turkiya-O’zbekiston qo’shma iqtisodiy komissiyasining 6-yig’ilishida ishtirok etadi.

Tadbirlar doirasida ikki mamlakat munosabatlariga salmoqli hissa qo’shadigan savdo, sanoat, energetika, transport, qishloq xo’jaligi, turizm va boshqa sohalarda 40dan ortiq ikki tomonlama hujjatlar to’plami imzolanadi.

Bundan tashqari, tashrif dasturida O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan turk firmalar rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Fuat O'ktay O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi.

Turkiya delegatsiyasi tashrif doirasida Samarqand va Buxoro shaharlariga ham sayohat qiladi.


Tanlangan kalimalar: #Fuat Oktay , #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar