Chavushoʻgʻlu: DEAShga qarshi oldingi jabhalardan birida kurashgan yagona NATO davlatimiz

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu, Italiyaning nufuzli gazetalaridan “Il Messaggero”ga intervyu berdi.

1666193
Chavushoʻgʻlu: DEAShga qarshi oldingi jabhalardan birida kurashgan yagona NATO davlatimiz

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu, Turkiyaning DEASh terror tashkilotiga qarshi oldingi jabhalardan birida kurashgan yagona NATOga a’zo davlat ekanini qayd etdi.

DAEShga qarshi kurashuvchi xalqaro koalitsiya tarkibidagi davlatlarning vazirlar yigʻilishi va G20 tarkibidagi davlatlarning Tashqi Ishlar vazirlari yigʻilishida ishtirok etish maqsadida hozirda Italiya poytaxti Rimda boʻlgan Chavushoʻgʻlu, Italiyaning nufuzli gazetalaridan “Il Messaggero”ga intervyu berdi.

Unda Chavushoʻgʻlu, DEASh terror tashkilotining yirik hujum uyushtirish rejalarining buzilganini belgilab oʻtgan holda,

“Bugungacha Suriya va Iroqda 4 ming 500 nafar DEASh a’zosini yoʻq qildik. Bu tashkilotga ketayotgan koʻplab pullarning oldini oldik. Turkiya sifatida DEAShga qarshi kurashuvchi koalitsiyaga boshidan beri faol ravishda a’zomiz va DEAShga qarshi jabhada kurashgan NATO tarkibidagi yagona davlatmiz. Ortga chekinishiga qaramay DEASh, haligacha xavf tashkil etmoqda”. - degan ifodalarga oʻrin berdi.   

Suriyada DEAShni yoʻq qilish uchun foydalanilgan ba’zi yoʻllarning notoʻgʻri ekanini boshidan beri ta’kidlab kelganliklarini ifoda etgan Chavushoʻgʻlu:

“Bir terror guruhiga qarshi kurash, boshqa bir terror tashkilotiga qoʻyib berilmasligi lozim. PKK/ YPG va Suriya Demokratik kuchlari PKKning Suriyadagi qanotidir.  PKK/ YPGning oʻzini himoya qilishi uchun DEAShga muhtoj va DEAShdan foydalanmoqda”. - deya gapirdi.

Chavushoʻgʻlu, bugungacha aytilganlarning aksiga DEASh xavfining Suriyada yana-da terang tus olayotganiga e’tibor qaratgan holda,

“Chunki PKK/ YPG oʻz nazorati ostidagi lagerlardan moliyaviy yutuq evaziga DEAShga a’zo terroristlarni ozod etmoqda. Haqiqiy strategiyaning terang sabablarni qoʻlga olishi, razvedkaning samarali ravishda boʻlishilishining kafolatga olinishi va qonuniy aktyorlar bilan haqiqiy sherikliklar boshlatishi kerak. Rimda uyushtirilgan vazirlar ishtirokidagi yigʻilish biz, terroristlarga qarshi kurashimizni baholash va bundan buyon kuzatilishi kerak boʻlgan yoʻl ustidan fikr almashish imkoni beradi”. - deb ta’kidladi.



Aloqador xabarlar