Turkiya Liviyaning hududiy yaxlitligi hamda suverenitetini qo'llab-quvvatlaydi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Liviyaga bag’ishlangan Berlin konferensiyasida so’zlagan nutqida Liviyada tinchlik o’rnatish, xavfsizligini ta’minlash hamda suverenitetini qo’llab-quvvatlashda davom etishini ma’lum qildi.

1663642

Mavlud Chavusho’g’li twitter orqali BMT va Germaniya yetakchiligida o’tkazilgan 2-Berlin konferensiyasida ishtirok etganligini ma’lum qildi.

Liviya masalasiga bag’ishlangan mazkur konferensiyada Turkiya va boshqa ko’plab mamlakatlardan vakillar ishtirok etdi.

Shuningdek, anjumanga Liviyadan bosh vazirlik kengashi rahbari Muhammad al-Menfiy va bosh vazir Abdulhamid Dibeyda qatnashdi.

Unda Liviyada xavfsizlik va barqarorlik o’rnatish yo’lida amalga oshirilayotgan faoliyatlar muhokama qilindi.

Liviyadagi inqirozga siyosiy yechim topish maqsadida tashkil etilgan konferensiyaning birinchisi 2020 yil 19 yanvar kuni bo’lib o’tgandi.

Tanlangan kalimalar: #Berlin konferentsiyasi , #Liviya , #Turkiya

Aloqador xabarlar