Erdo’g‘an Yevrokomissiya rahbari bilan muloqot qildi

Tomonlar Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlarining bugungi holati va istiqboldagi rejalari, Bojxona Ittifoqini qayta shakllantirish, Turkiya fuqarolari uchun Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga vizani bekor qilish va migratsiya masalasini muhokama qildi.

1662343
Erdo’g‘an Yevrokomissiya rahbari bilan muloqot qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g‘an Yevropa Ittifoqi komissiyasi rahbari Ursula Von Der Leyen bilan telefon orqali muloqot qildi.

Tomonlar Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlarining bugungi holati va istiqboldagi rejalari, Bojxona Ittifoqini qayta shakllantirish, Turkiya fuqarolari uchun Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga vizani bekor qilish va migratsiya shartnomasi bo’yicha xususlarni muhokama qildi.

Erdo’g’an suhbat chog’ida Turkiya Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lish yo’lida zimmasiga yuklatilgan barcha vazifalarni to’la to’kis ado etganligini, endi qadam tashlash navbati Yevropa Ittifoqi yetakchilarida ekanligini ma’lum qildi.

Prezidentning ta’kidlashicha, Turkiya bilan Yevroittifoq o’rtasida ijobiy kun tartibni hayotga tadbiq etish vaqti yetib keldi.

Shuningdek, Erdo’g’an tez orada, hech qanday shartsiz Bojxona ittifoqini qayta shakllantirish bo’yicha muzokaralarni boshlash zarurligini tilga oldi.

Turkiya prezidentining so’zlariga ko’ra, turklar Yevropa Ittifoqiga viza bekor qilinishini intizorlik bilan kutmoqda.



Aloqador xabarlar