Yashil rangdagi kategoriyada qidirilgan bir terrorist taslim bo‘ldi

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi davom etmoqda.

1660559
Yashil rangdagi kategoriyada qidirilgan bir terrorist taslim bo‘ldi

Qidiruvdagi terroristlar ro‘yhatining yashil rangdagi kategoriyasida o‘rin olgan PKK/ KJK terror tashkilotiga a’zo bir terrorist, ko‘ndirish yo‘li orqali taslim bo‘ldi.

Ichki Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, vazirlik koordinatsiyasi ostida olib borilgan ko‘ndirish faoliyatlari natijasida PKK/ KJK terror tashkiloti tarkibidan qochgan “Erdal Ug‘ur” kodli O‘zgur Abikning Mardinda xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘lgani qayd etildi.

Bayonotda, 2009 - yili terror tarkibiga kirgan shuningdek Iroq va Suriyada faoliyat ko‘rsatgan yuqorida nomi tilga olingan terroristning iddio etilishicha oxirgi marotaba, tashkilotning Gap Riha sohasida yetakchi sifatida faoliyat olib borgani ta’kidlandi.


Tanlangan kalimalar: #Mardin , #O‘zgur Abik , #PKK/ KJK

Aloqador xabarlar