Merich daryosida chorasiz qoldirilgan muhojirlar qutqarildi

Merich daryosida Gretsiya xavfsizlik kuchlari tomonidan chorasiz qoldirilgan muhojirlar qutqarildi.

1660605
Merich daryosida chorasiz qoldirilgan muhojirlar qutqarildi

Gretsiya xavfsizlik kuchlarining noqonuniy yo‘llar orqali Turkiyaga deportatsiya qilishga uringan 50 nafar muhojir, Merich daryosida chorasiz qoldirilgan oroldan qutqarldi.  

Milliy Mudofaa vazirligining ijtimoiy tarmoq hisobidan mavzu haqida berilgan bayonotda,  yuqorida nomi tilga olingan muhojirlarning qutqarilishi haqida quyidagi ifodalarga o‘rin berildi:

“Gretsiya xavfsizlik kuchlarining noqonuniy yo‘llar orqali yurtimizga deportatsiya qilishga uringan, ashyolari qo‘lidan olinib, och va suvsiz yomon munosabatda tark etilgan 50 nafar muhojir, Merich daryosida chorasiz qoldirilgan oroldan qutqarldi”.

Bayonotda, chorasiz qoldirilgan oroldan qutqarilgan noqonuniy muhojirlar tasvirga olingan videolavhalarga ham o‘rin berildi. Undagi shaxslar, deportatsiya qilinishi vaqtida ko‘rgan yomon muomala haqida gapirib bergan.



Aloqador xabarlar