Erdo‘g‘an: Taxminan 8 milliard inson taqdirini BMTXKning 5 a’zosi insofiga topshirib bo‘lmaydi

Erdo‘g‘an, Antaliya Diplomatik forumida yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi jarayonida Turkiyaning dunyoning 158 davlati bilan 12 xalqaro tashkilotiga tibbiy ashyo yuborganini ifoda etdi.

1660924
Erdo‘g‘an: Taxminan 8 milliard inson taqdirini BMTXKning 5 a’zosi insofiga topshirib bo‘lmaydi
erdogan diplomasi forumu.jpg
antalya diplomasi forumu.jpg

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an xalqaro hamjamiyatning pandemiyaning (yangi turdagi koronavirus) halokatli ta’sirini boshqarishda sinovdan yaxshi o‘tolmaganini belgilab o‘tgan holda,

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi (BMTXK) tarixning eng yirik sog‘likni saqlash inqirozini 100 kundan keyin kun tartibiga qo‘ya oldi. Pandemiya davrida yo‘l qo‘yilgan xatolarning takrorlanmasligi uchun emlash masalasida millatchilikka imkon berilmasligi muhimdir”. - dedi.

Erdo‘g‘an, Antaliya Diplomatik forumida yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi jarayonida Turkiyaning dunyoning 158 davlati bilan 12 xalqaro tashkilotiga tibbiy ashyo yuborganini ifoda etgan holda:

“Yil oxirigacha tamomlanishi rejalashtirilgan mahalliy vaksina faoliyatlarimiz davom etmoqda va uni Xudo xohlasa barcha bilan bo‘lishamiz”. - dedi.

“BMTXK bosh bo‘lish bilan birga global tizim ustiga qurilgan asosiy tuzilmalar, muammoni hal qilish yo‘llari emas, muammoning bir bo‘lagidir. Ushbu institutsional tuzilmalar bilan XXI asrdagi sayohatimizni davom ettirolmaymiz”. - degan Prezident Erdo‘g‘an:

“Taxminan 8 milliard inson taqdirini BMTXKning doimiy 5 a’zosining insofiga topshirib bo‘lmaydi. Dunyoning 190 davlatiga vaqtinchalik stolda o‘tirish haqqi bergan lekin o‘z taqidirini hal qilish huquqi bermagan tizim, adolat yaratolmaydi.  Adolat bo‘lmagan joyda ziddiyat, taranglik va shiddat to‘xtamaydi. Haq-huquq va adolatni himoya qilishni davom etyapmiz, davom etamiz ham”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Prezident o‘z nutqida, Turkiyaning 252 ta xorijiy vakolatxonasi bilan eng keng ko‘lamdagi 5 diplomatik tarmoqqa ega davlat ekanini ham qayd etdi.

Terrorizmga qarshi kurash borasida esa Suriyada faoliyat yuritayotgan PKK, YPG va DEASh kabi terror tashkilotlariga qarshi maydonda kurash olib borayotgan birinchi davlatning Turkiya ekanini ta’kidlagan Erdo‘g‘an:

“DAEShning 4500 a’zosini yo‘q qildik. Bugungacha 430 ming suriyalikning o‘z tuprog‘iga qaytishini ta’minladik. Ularni chodirlardan ham qutqaryapmiz. Briket uy kabi loyihalar bilan qo‘llab-quvvatlaymiz.

Yurtimizda tinch aholini o‘ldirgan qotillarga siyosiy maqom berilib, ko‘p yillar davomida qo‘llab - quvvatlandi. Janubiy chegaramiz bo‘ylab bir terror davlati tashkil etishga urinildi. Suriyada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash nafaqat Turkiyaning, balki barchamizning vazifasidir”. - deya gapirdi.

Rajap Tayyip Erdo‘g‘an:

“Sharqiy O‘rta yer dengizidagi energiya manbaalarining qarama-qarshiliklar o‘rniga hamkorlikka sabab bo‘lishi bizning qo‘limizda. Kelgusi davrda biz kompasning bir oyog‘ini Turkiyaga o‘rnatib, ikkinchisi bilan Afrikadan Lotin Amerikaga, Tinch okeandan Osiyoga xullas, barcha geografiyalarda hamkorlikni orttirishni xohlaymiz”. - dedi.

 



Aloqador xabarlar