Turkiyada bir sutkada koronavirusga qarshi emlanganlar soni 1.5 mlndan oshdi

Turkiyada koronavirusga qarshi vaksinatsiya kampaniyasi jadallik bilan olib borilmoqda. Bir sutkada vaksina qabul qilganlar soni rekord darajaga ko’payib, 1.5 mln kishini tashkil qildi.

1660469
Turkiyada bir sutkada koronavirusga qarshi emlanganlar soni 1.5 mlndan oshdi

 

Turkiyada koronavirusga qarshi vaksinatsiya kampaniyasi jadallik bilan olib borilmoqda. Bir sutkada vaksina qabul qilganlar soni rekord darajaga ko’payib, 1.5 mln kishini tashkil qildi.

Turkiya sog’liqni saqlash vazirligining “Covid-19 vaksinasi haqida ma'lumot platformasi”da o’rin olgan ma’lumotlarga ko’ra, Turkiyada so'nggi bir kunda vaksina qabul qilganlar soni rekord darajaga yetdi. Bir sutkada birinchi va ikkinchi doza vaksina qabul qilganlar soni 1.5 mlndan oshdi.

Sog’liqni saqlash vazirligining "covid19asi.saglik.gov.tr" saytida o'rin olgan so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, shu kungacha Turkiya miqyosida vaksina qabul qilganlarning umumiy soni 39 mln 201 ming 738 nafarni tashkil qilmoqda. Ulardan birinchi dozani qabul qilganlar soni 24 mln 999 ming 599 nafar, ikkinchi dozani qabul qilganlar soni esa 14 mln 202 ming 139 nafarni tashkil qilmoqda.

Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko'ja twitter orqali bir surkada 1.5 mln doza vaksina emlangan holda ko'zlangan maqsadga erishilganligini ma'lum qildi.

“Kecha, 17 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:43da 1 mln 500 minginchi doza qabul qilindi. Tibbiyot xodimlarimiz mamlakat miqyosida 2 soat 17 daqiqa vaqt ichida 82 ming 232 doza vaksinani emladi. Natijada, oxirgi bir sutkada 1 mln 582 ming 232 doza vaksina qabul qilindi”,-deb ma’lum qiladi Turkiya sog’liqni saqlash vaziri.

Ta’kidlash joizki, hozirda Turkiyada “Sinovac” va “BioNTech” vaksinalari qo’llanilmoqda. Yaqinda “Sputnik V” vaksinasi ham qo'llanila boshlaydi.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #vaksina , #Turkiya

Aloqador xabarlar