Turkiyada bir sutkada 1 mlndan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

Sog’liqni saqlash vazirligining "covid19asi.saglik.gov.tr" saytida o'rin olgan so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, shu kungacha Turkiya miqyosida vaksina qabul qilganlarning umumiy soni 36 mln 95 ming 162 nafarni tashkil qilmoqda.

1659530
Turkiyada bir sutkada 1 mlndan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

 

Turkiyada kecha, 16 iyun kuni 1 mlndan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi. 

Turkiya sog’liqni saqlash vazirligining “Covid-19 vaksinasi haqida ma'lumot platformasi”da o’rin olgan ma’lumotlarga ko’ra, Turkiyada so'nggi bir kunda vaksina qabul qilganlar soni rekord darajaga yetdi. Bir sutkada birinchi va ikkinchi doza vaksina qabul qilganlar soni 1 mln 240 ming 311 nafarni tashkil qildi.

Sog’liqni saqlash vazirligining "covid19asi.saglik.gov.tr" saytida o'rin olgan so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, shu kungacha Turkiya miqyosida vaksina qabul qilganlarning umumiy soni 36 mln 95 ming 162 nafarni tashkil qilmoqda.

Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko'ja kecha twitter orqali bir surkada 1 mln doza vaksina emlangan holda ko'zlangan maqsadga erishilganligini ma'lum qildi. Vazirning ta'kidlashicha, so'nggi bir kunning o'zida 1 mln 240 ming 311 kishi koronavirusga qarshi emlandi.

Turkiyada hozirda “Sinovac” va “BioNTech” vaksinalari qo’llanilmoqda. Yaqinda “Sputnik V” vaksinasi ham qo'llanila boshlaydi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #vaksina , #Turkiya

Aloqador xabarlar