Erdo’g’an Brusseldagi NATO sammitida ishtirok etmoqda

Erdo’g’anni Brusseldagi Melsbroek aeroportida Turkiyaning NATOdagi doimiy vakili Basat O’zturk, Turkiyaning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakili Mehmet Kemal Bozay, Turkiyaning Belgiyadagi Favqulodda va muhtor elchisi Xasan Ulusoy va boshqalar kutib oldi.

1657400
Erdo’g’an Brusseldagi NATO sammitida ishtirok etmoqda

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha, 13 iyun kuni NATO sammitida ishtirok etish maqsadida Belgiya poytaxti Brusselga safar qildi.

Erdo’g’anni Brusseldagi Melsbroek aeroportida Turkiyaning NATOdagi doimiy vakili Basat O’zturk, Turkiyaning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakili Mehmet Kemal Bozay, Turkiyaning Belgiyadagi Favqulodda va muhtor elchisi Xasan Ulusoy va boshqalar kutib oldi.

Brusselda yashagan turklar prezidentga ajratilgan mehmonxona oldida Erdo’g’anni turk bayroqlari bilan kutib oldilar. Prezident Erdo’g’an va turmush o’rtog’i Emina Erdo’g’an ular bilan salomlashdi.

Tashrifning birinchi kuni NATOga a’zo davlatlarning yetakchilari bilan tor doirada uchrashuv o’tkazish rejalangandi. Rejaga muvofiq, Erdo’g’an Vengriya bosh vaziri Viktor Orban, Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, Litva prezidenti Gitanas Nauseda va Latviya prezidenti Egils Levits bilan uchrashdi.

Bundan tashqari, Erdo’g’an sammit doirasida AQSh prezidenti Jo Bayden, Germaniya kantsleri Angela Merkel va Gretsiya bosh vaziri Kiryakos Michotakis bilan uchrashadi.

Shuningdek, Erdo’g’anning Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Gollandiya bosh vaziri Mark Rutte bilan uchrashishi rejalangan.

Uchrashuvlarda NATO bilan Turkiya o’rtasidagi ko’p qirrali munosabatlar va mintaqaviy masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Erdo’g’an-Bayden uchrashuvi AQSh prezidenti etib saylangandan keyin Baydenning Erdo’g’an bilan ilk yuzma-yuz uchrashuvi bo’ladi.

Erdo’g’an yetakchiligidagi Turkiya delegatsiyasining NATO sammitida muhokama qilinadigan masalalar kun tartibida Turkiyaning mintaqasidagi o’zgarishlar bo’yicha huquqi va xavfsizligini ta’minlashdagi ustuvor yo’nalishlar o’rin olgan. Sammitda Turkiyaning ushbu mavzular bo’yicha qat’iy irodasi tilga olinadi.

Shuningdek, Turkiya NATO tarkibida zimmasiga tushgan vazifalarni to’la to’kis ado etgan davlat ekani qayd etiladi. Bundan tashqari, terrorizmga qarshi kurash va gumanitar inqirozga maqbul yechim topish bo’yicha hamkorlik maqsadida bir qator takliflar kiritiladi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #NATO Sammiti , #Turkiya

Aloqador xabarlar